Inoyatov: Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga chiqarish bo‘yicha rasmiy hujjat bo‘lmagan

© Mejdunarodniy press-klubUlugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya
Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Avvalgi ura-urachilik davri o‘tdi, bugungi davrga moslashish kerak", deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 17-aprel kuni o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. 17-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov so‘zga chiqqan va 14-mart kuni YTH oqibatida halok bo‘lgan samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenekeyeva ishi yuzasidan shaxsan Samarqandga borib, yig‘ilish o‘tkazganini, o‘qituvchilarni obodonlashtirishga majburan chiqarish bo‘yicha hech qanday rasmiy hujjat bo‘lmagani, og‘zaki topshiriq berilgani va bunga bosh bo‘lganlar ishdan olinganini aytdi, deb xabar qilmoqda "Qalampir" nashri.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Diana Yenikeyeva bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi
Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqand viloyati matbuot-xizmati rahbari Sputnik muxbiri bilan suhbatda Diana Yenikeyevaning o‘limidan keyin o‘qituvchi ishlagan maktab rahbari, maktab rahbarining o‘rinbosari ishdan olingani haqida ma’lum qildi. 

Ilgariroq Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Diana Yenikeyeva vafoti bilan bog‘liq shov-shuvlardan so‘ng bergan rasmiy bayonotida samarqandlik o‘qituvchining o‘limi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan xolisona surishtiruv ishlari olib borilishi va xolisona huquqiy baho berilishini va’da qilib, viloyatda ijtimoiy soha xodimlari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish ishlariga jalb etilmagani va bundan keyin ham jalb qilinmasligini ishonch bilan ma’lum qilgan edi.

Xalq ta’limi vaziri shuningdek, o‘z nutqi davomida "Menda majburiy mehnatga qarshi chiqishga jur’at, qat’iyat yetishmaganini tan olaman. Hatto, bunga o‘zim ham bosh bo‘lganman. Chunki avvalgi siyosatning talabi shunday edi, buni vatanparvarlik deb ham tushunganman. Biz ziyolilar chetda turishimizga boshqacha qaralardi. Bugungi o‘zgarishlarga moslasha olmadik", deb aytgan.

Yangiliklar lentasi
0