Toshkentda MDH havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishRossiyskaya sistema PVO S-300VM
Rossiyskaya sistema PVO S-300VM - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentga Rossiya, Qozog‘iston, Armeniya, Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston mudofaa vazirliklaridan delegatsiyalar hamda Rossiya harbiy sanoat korxonalar vakillari keladi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkentda cyeshanba kuni MDH davlatlar mudofaa vaziri kengashi huzurida havo hujumidan mudofaa bo‘yicha muvofishlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishida MDH davlatlari birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi (PVO) rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligida jurnalistlarga ma’lum qilishdi.

Flagi Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashdi

"MDHga a’zo davlatlarning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish va rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi — havo hujumidan mudofaa birlashgan mintaqaviy tizimini yaratish va rivojlantirish, harbiy boshqaruv organlari, shuningdek, havo hujumidan birlashgan mudofaa tizimi tarkibiga kiruvchi kuchlarning o‘zaro harakatlari", — deb ta’kidlandi vazirlikda.

Shu bilan birga, muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan shu yilda jangovar tayyorgarlik o‘tkazish qo‘shma choralar va turli harbiy texnikaviy hamkorlikning boshqa masalalarini ham ko‘rib chiqiladi.

Toshkentga Rossiya, Qozog‘iston, Armeniya, Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston mudofaa vazirliklaridan delegatsiyalar hamda Rossiya harbiy sanoat korxonalar vakillari kelishadi.

Tomonlar MDH davlatlarining birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi «Mintaqaviy xavfsizlik-2018» qo‘shma kompyuterlashtirilgan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari rejasi va Yagona davlat radiolokatsion farqlash tizimini rivojlantirish konsepsiya loyihasi bo‘yicha kelishib oladi.

Uzbekskie voyennoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
OAV: O‘zbekistonda Hindiston mudofaa zavodi qurilishi mumkin

MDH davlatlarining birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi Olmatada 1995-yil 10-fevralda 10 ta davlat tomonidan imzolangan bitim asosida tashkil qilingan. Bitim amal qilish muddati chegaralanmagan, boshqa davlatlar qo‘shilishi uchun ochiq.

Hozirgi kunda ushbu tizimga MDHga a’zo bo‘lgan davlatlar — Rossiya, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.

Tizimning eng muhim vazifasi — havo-kosmik vaziyat hamda raketa, havo hujumlarini oldini olishga qaratilgan.

Bunday hujum yuz bergan taqdirda, MDHga a’zo bo‘lgan davlatlarning havo mudofaa kuchlari birlashtirilgan havo hujumidan mudofaa tizimi doirasida harakatlarni amalga oshiradilar.

Yangiliklar lentasi
0