Analitika

BMT eksperti: Oʻzbekistonda ikki millionga yaqin kishi toʻyib ovqat yemaydi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishObed v stolovoy
Obed v stolovoy - Sputnik Oʻzbekiston
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Markaziy osiyodagi vaziyat boʻyicha bayonot eʼlon qildi. Mintaqa uchun eng asosiy tahdidlar sifatida notoʻgʻri ovqatlanish, yer qatlamining yemirilishi, suv resurslari yemirilishi va qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻllanilayotgan eskicha uslublar sanab oʻtilgan

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik, Anton Kurilkin. Ikki millionga yaqin oʻzbekistonliklar toʻyib ovqatlanmaydi yemaydi, A vitamini tanqisligi esa bolalarning 53%ida, katta yoshdagilarning 38%ida kuzatiladi, deyiladi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bayonotida. Markaziy Osiyodagi oziq-ovqat tanqisligi muammosi borasida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri maqolasini eʼtiboringizga havola etamiz.

Ochlik ortda

Markaziy Osiyoda bir necha millionlab kishi toʻyib ovqatlanmaydi yoki notoʻgʻri ovqatlanishadi. Vaziyat ayniqsa Tojikistonda yomon — aholining taxminan uchdan bir qismi (2,6 million kishi) toʻyib ovqatlanmaydi. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmanistonda esa bu koʻrsatkich — 1,9 million, 400 ming va 300 mingni tashkil etadi.

Fuqarolarning toʻyib ovqatlanmasligi ushbu davlatlar gardaniga uchun ogʻir yuk boʻlib tushmoqda — odamlar koʻp kasal boʻlishadi, yomon va kam ishlashadi, demak-ki kamroq pul topadilar.

Misol uchun, Tojikistonda yoshi besh yoshgacha boʻlgan taxminan 300 mingga yaqin bolalarda boʻy oʻsishi toʻxtashi holati kuzatilar ekan — kelajakda bu bolalarda vaziyatni oʻnglash imkoni boʻlmaydi.

Yana bir boshqa masala — semizlik masalasi. Oʻzbekistonda ushbu kasallikdan aholining 14,4%i aziyat chekadi. BMT ekspertlari fikriga koʻra, koʻproq pul topa boshlagan va oqibatda yegulikka koʻp pul sarflab, jismoniy faollikni kamaytiradigan odamlar bu kasalikka chalinishga moyil ekan.

Boshqa tomondan, axoliningsifatli va salomatlik uchun foydali mahsulotlar xaridida tejaydigan kambagʻal qatlami ham ortiqcha vazndan aziyat chekar ekan. 

Markaziy Osiyo aholisi, shuningdek, taomlarda vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligini boshdan kechirishadi — hattoki sharoiti nisbatan yaxshi Qozogʻistondagi aksariyat bolalarda xuddi kattalarda singari A vitamini tanqisligi kuzatiladi. Oʻzbekistonda ushbu vitamin tanqisligi katta yoshdagi aholining 38,4%ida qayd etilgan. Avitaminoz (a vitaminining yetishmovchiligi) koʻz obolochkasining asta-sekin buzilishiga va koʻrish qobiliyatida jiddiy yomonlashuvlarga olib keladi.

Ammo BMT ekspertlari xulosalariga koʻra, oziq-ovqat sohasida rivojlanish soʻnggi oʻn yillarda yaxshi tomonga oʻzgargan. Xususan, 2005-2007 yillarda oʻzbekistonliklarning 12,4 foizi toʻyib ovqatlanmagan boʻlsa, ayni vaqtda ushbu koʻrsatkich faqatgina 6,3 %ni tashkil etadi.

Kelajakdagi xavfli omillar

Ochlikka va toʻyib ovqat yemaslikka umuman olganda kelajakda mintaqada vaziyat ijtimoiy va tabiat iqlimi oʻzgarishi tufayli sezilarli yomonlashishi mumkin.

18-letnyaya patsiyentka bolnitsы v Yemene, stradayuщaya ot istoщeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam toʻyib ovqatlanmaslikdan azob chekmoqda

Markaziy osiyo mamlakatlari axolisi soni oʻsishi yuz yillikning oʻrtasigacha davom etadi, odamlarning ommaviy shaharlarga koʻchib oʻtishlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini ishlab chiqarishni koʻpaytirishni talab etadi. Bu yerda ekin maydonlari va yaylovlar sonini kengaytirish bilan muammoni yechishning imkoni boʻlmaydi — butun boshli qishloq xoʻjaligi tuzilmalarini qaytadan qurish talab etiladi.

Bugungi kundayoq Turkmanistonda suv zaxiralarining 94% dan foydalanilmoqda, gidroresurslar tanqisligidan hammadan koʻra koʻproq aziyat chekadigan Oʻzbekistonda esa suvdan foydalanish hajmlari 90%ga yaqinlashib qolgan.

Ikki yildan soʻng mintaqadagi barcha mamlakatlar yuqori yoki oʻta yuqori darajadagi "suv stressi"ni boshdan kechiradilar — bunda ehtiyojni qondirish uchun talab etiladigan darajadagi sifatdagi suv  tanqisligiga duchor boʻladilar. Asr oʻrtalariga kelib nimalar roʻy berishini prognoz qilish qiyin, biroq ekologlarning hisob-kitobiga koʻra, global isish Markaziy Osiyodagi daryolar sathi 40%ga tushishiga olib keladi.

Ochlikdan — semizlikka: FAO Markaziy Osiyoda oziq-ovqatlar bilan bogʻliq muammolarni qayd etib oʻtdi

Mintaqada yerlar degradatsiyani boshdan kechirib, ekin ekishga va jonivorlarni boqishga yaroqsiz holatga kelmoqda. Ayni vaqtda Qozogʻiston va Oʻzbekistonning 20%dan ortiq aholisi aynan shunday hududlarda istiqomat qilishadi.

Toʻqqiz yil, 2000 yildan 2009 yilgacha boʻlgan oraliqda mintaqa mamlakatlari tuproqning buzilishi tufayli 5,85 milliard dollar yoʻqotishgan. Hammadan koʻra Qozogʻiston koʻproq jabr koʻrgan — mamlakat iqtisodida 3,06 milliard kamomad aniqlangan.

Ovoщi na Mejdunarodnoy vыstavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda meva va sabzavotlar eksportini nazorat qiluvchi laboratoriyalar ochiladi

Oʻzbekiston 830 ming dollar ziyon koʻrgan boʻlsa, Tojikiston mintaqada hammadan koʻra kamroq yoʻqotishni boshdan kechirgan — yarim milliard dollar.

Shuningdek, iqtisodiy va ekologik zarar yetkazuvchi tabiiy ofatlar haqida ham unutmaslik lozim. Soʻnggi 27 yil ichida Markaziy osiyoda 123 ta tabiiy talafotlar yuz bergan, oqibatda 10,4 million inson jabrlangan. Iqtisodiy zararlar 2,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Suv resurslari defitsiti, tuproq buzilishi va tez-tez takrorlanadigan tabiiy ofatlar bilan birgalikda aholi sonining ortib borishi, ekspertlar fikriga koʻra, mintaqada qishloq xoʻjaligi sohasida ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda. Yoʻqotishlar hajmini qisqartirish va oziq-ovqat bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilash va kelajak avlod uchun munosib hayot darajasini taʼminlab berish uchun uchun agrosanoat sektorini qayta qurishni boshlash lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala