Rossiya

Oʻzbekiston Havo hujumidan mudofaa boʻyicha MDH davlatlari bilan bitim tuzish niyatida

© Sputnik / Mixail MokrushinUcheniya PVO
Ucheniya PVO - Sputnik Oʻzbekiston
Bitim Oʻzbekistonga qoʻshni boʻlgan mamlakatlar: Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozogʻiston bilan imzolanishi kutilmoqda

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻzbekiston havo hujumidan mudofaa boʻyicha MDHdagi qoʻshni mamlakatlar bilan ikki tomonlama bitimlarni imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston HHM va HHK qoʻshinlari qoʻmondoni, respublika Mudofaa vaziri oʻrinbosari Ahmad Burxonov.

"Bugungi kunda barcha qoʻshnilar bilan hamkorlik masalalarini koʻrib chiqmoqdamiz va koʻrib chiqamiz… ehtimol yaqin vaqt oraligʻida Qozogʻiston bilan HHM masalalarida ikkiyoqlama hamkorlik boʻyicha hujjatni imzolaymiz", — deya iqtibos keltiradi RIA Novosti vazir gaplaridan.

Delegatsiya Minoboronы Rossii rasskazala Uzbekistanu o reformax v VS - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonga Rossiya harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi
Shuningdek, Burxonovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining barcha qolgan qoʻshnilari — Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston bilan ham xuddi shunday bitimlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga Rossiya Respublikaning eng muhim strategik hamkori boʻlib qolmoqda, — deb taʼkidlagan Burxonov.

"Biz oxirgi yillarda ochiq siyosat olib bormoqdamiz, biz barcha masalalarda, shu jumladan mudofaa masalalarida ham Markaziy-Osiyo mintaqasi, yaʼni oʻz qoʻshnilarimizni ustuvor koʻramiz", — deb qayd etgan vazir oʻrinbosari.

Majlis ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov mamlakat MDHdagi barcha davlatlar bilan munosabatlarni "Xalqaro tan olingan huquq tamoyillari va normalarini inobatga olgan holda, oʻzaro manfaatlilik, teng huquqlik va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni tinchlik yoʻli bilan hal etish" printsiplari asosida qurishini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Harbiy muassasasi rahbari soʻzlariga koʻra, aynan mana shu printsiplar Oʻzbekistonning yangi Mudofaa doktrinasi asosi etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala