Jamiyat

IIV aholidan nobiometrik pasportlarni 1 iyulgacha almashtirishni soʻramoqda

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Biometrik pasportga ega boʻlmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik maʼlumotlarni yigʻish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni oʻz vaqtida almashtirishlari soʻralmoqda

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan taʼminlash ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar berildi IIV saytida.

Xabarda aytilishicha, nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilangan boʻlib, biometrik pasportga ega boʻlmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari mumkin.

Pasport kuchi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbek pasportining kuchi

"Hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, joylardagi biometrik maʼlumotlarni yigʻish punktlariga jismoniy imkoniyati cheklanganligi sababli yetib kela olmaydigan fuqarolar uchun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylashtirish imkoniyati mavjud", — deyiladi xabarda.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashash Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.

Shu sababli biometrik pasportga ega boʻlmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik maʼlumotlarni yigʻish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni oʻz vaqtida almashtirishlari soʻralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala