Dunyoda

AQSH Rossiyaga sanktsiya kiritishdan vaqtincha voz kechdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBelыy Dom v Vashingtone
Belыy Dom v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shu bilan birga Amerika hukumati choralar kiritishdan voz kechmaydi, faqat Rossiyaning oʻzini qanday tutishini kutib turadi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan yaqin vaqt ichida sanktsiyalar kiritishni rejalashtirmayapti. Shaxsan mamlakat prezidenti Donald Tramp ana shunday farmoyish berdi, deb xabar qildi RIA Novosti prezident maʼmuriyatidagi manbasiga tayanib.

SPUTNIK_Protestы v SSHA protiv udarov po Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQShda Suriya bombardimon qilinishiga qarshi namoyishlar oʻtkazildi

Shu bilan birga Amerika hukumati choralar kiritishdan voz kechmaydi, faqat Rossiyaning oʻzini qanday tutishini kutib turadi.

Yakshanba kuni Vashington "Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tayyor"ligini bildirgandi. Oq uy Kremlni Suriya yetakchisi Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda. U kimyoviy qurol qoʻllashda gumon qilinmoqda.

Avvalroq AQSH Rossiya va Suriyani Sharqiy Gʻutadagi kimyoviy hujumlarda ishtirok etganlikda ayblagandi. Amerika harbiylari Frantsiya va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda Suriyadagi uchta obʼyektga zarba berishi oqibatida uch kishi jarohatlangandi. Rossiya TIV Suriya harbiylari xlorli bombadan foydalanishgani haqidagi xabarni rad etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0