Oʻzbekistonning eng yaxshi farmatsevtlariga "oltin yulduzcha" mukofoti topshirildi

© Dilshoda RaxmatovaUchastnitsa Farmatsevticheskoy konferentsii Uzbekistana
Uchastnitsa Farmatsevticheskoy konferentsii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oltin yulduzcha mukofoti yilning eng yaxshi aptekasi, ishlab chiqaruvchisi, eng yaxshi ish beruvchisi va boshqa qator nominatsiyalar boʻyicha oʻz egalariga topshirildi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi Farmatsevtika institutida oʻtkazilgan Oʻzbekistondagi 1-farmatsevtika anjumanida Oʻzbekiston tarixida birinchi marta turli nominatsiyalar boʻyicha "Pharmclub 2017" esdalik mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Medikamentы i preparatы dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev dori vositalarini arzonlashtirish boʻyicha yangi qarorni imzoladi

Tadbir boshlovchilarining aytishicha, "eng yaxshi"larni aniqlash jarayonida butun Oʻzbekiston boʻyicha 5 milliondan ziyod odam qatnashgan va ovoz bergan.

Demak:

"Yilning ishonchli hamkori" nominatsiyasi — Cardio-Pharm

"Yilning eng yaxshi ish beruvchisi" — SP OOO "Samarkand England Eco-Medical"

"Yilning eng yaxshi apteka dizayni" - "A5" aptekalar tarmogʻi

"Yilning eng yaxshi logotipi" — "Tabletka" aptekalar tarmogʻi

"Eng yaxshi apteka servisi" — "Shoh Farm" aptekalar tarmogʻi

"Jadallik bilan rivojlanayotgan ishlab-chiqaruvchi kompaniya" — OOO "Lafz" 

© Dilshoda RaxmatovaFarmatsevticheskaya konferentsiya Uzbekistana
Farmatsevticheskaya konferentsiya Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston
Farmatsevticheskaya konferentsiya Uzbekistana

"Yilning eng keng assortimenti" nominatsiyasida — "Zamin Farm" aptekalar tarmogʻi

"Yilning eng yaxshi mudirasi" — Sayyora Dalerbayeva OOO "Profarm"

"Mijozlar talabiga javob beradigan apteka" — "Ozon" aptekalar tarmogʻi oʻzbekistonliklar tomonidan eng yaxshilar sifatida tan olingan.

Shuningdek, quyidagi asosiy nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar nomi eʼlon qilindi:

"Yilning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi" - "Nobel Farmsanoat"

Medikamentы i preparatы dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonga ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlar tendersiz va kvotasiz olib kelinadi

 "Eng yaxshi aptekalar tarmogʻi" — "Tri devyatki" aptekalar tarmogʻi

"Yil mahsuloti" — toʻqqizda mahsulot orasida "Magvit V6" (Nika Farm)eng yaxshi mahsulot deb topildi

"Yilning eng yaxshi aptekasi" — "Vitaminka" (Andijon).

Tadbir soʻngida barcha gʻoliblar esdalik uchun suratga tushdilar va barcha oʻzbekistonliklarga "hamisha salomat boʻling", deya tilak bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala