Hodisalar

Yekaterinburgda migrantlarni tunash bilan shugʻullangan tojikistonliklar qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Ular oʻzbekistonliklar yashaydigan xonadonga bostirib kirishib 40 ming rubl puli, telefonlari va pasportlarini olib qoʻyishgan

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Yekaterinburgda politsiyachilar oʻzbekistonliklarning pasportlarini olib qoʻyib, qaytarib berish evaziga pul talab qilgan tojikistonliklar guruhi qoʻlga olindi.

Ularni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyada Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati boʻyicha uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi tezkor xodimlari, Rosgvardiya jangchilari va 12-politsiya boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.

Jinoyat 31 mart kuni Sanatornaya koʻchasidagi uyda sodir etilgan. U yerda oʻzbekistonliklar yashashgan. Toʻrt nafar tojik yigitlar ularga pichoq bilan tahdid qilgan hamda 40 ming rubl puli, telefonlari va pasportlarini olib ketishgan.

Bir oz vaqtdan keyin Said laqabli shaxs oʻzbekistonliklarga qoʻngʻiroq qilgan va pasportlarni 100 ming rublga qaytarib olishlari mumkinligini aytgan. Oʻzbekiston fuqarolarida buncha miqdordagi pul boʻlmagan va ular politsiyaga murojaat qilishgan.

Operativ xodimlar 37 yoshli Said yashaydigan xonadonni aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. Uni Simferopolskaya koʻchasidagi uy yonida, yaqinda sotib olgan VAZ mashinasini taʼmirlashga chiqqanida qoʻlga olishdi.

Said yashaydigan toʻrt xonali xonadonda toʻdaning yana bir aʼzosi, Abu laqabli Rossiya fuqarosi qoʻlga olindi. Xonadon tintuv qilinganida jabrlanuvchilarga tegishli telefonlar topildi. Toʻdaning yana ikki aʼzosi ertasi kuni qoʻlga olindi, deb xabar qildi, Sverdlovsk viloyati IIV matbuot xizmati.

ruki naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentdagi hujum: bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik toʻpponchadan foydalanishdi

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Said va uning uch nafar sherigi 13 aprel kuni Iyulskaya koʻchasida yashovchi migrantlarning uyiga ham bostirib kirishgan. Ular pichoq va toʻpponcha bilan tahdid qilishib, 540 ming rubl pul va uyali telefonlarni oʻzlashtirib olishgan.

"Bosqinchilik hujumlari yaxshi tayyorgarlik bilan tashkil qilingan. Bosqinchilar niqobda boʻlishgan, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlishgan, jabrlanuvchilarni skotch bilan bogʻlab, ularga jismoniy tazyiq ishlatishgan", — dedi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati boʻyicha uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi boshligʻi Sergey Maksimov.

Hozirda qoʻlga olinganlarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bosqinchilar 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Sergey Maksimovning aytishicha, agar ularning uyushgan guruh ekanligi isbotlansa, jazo muddati yanada oshishi mumkin. Ular Yekaterinburgda sodir etilgan qator bosqinchilik jinoyatlariga aloqador ekanligi haqida maʼlumot kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala