Madaniyat

Amazon va Google Oʻzbekiston bilan qiziqmoqda

© AFP 2018 / TOSHIFUMI KITAMURALogotip Google
Logotip Google - Sputnik Oʻzbekiston
Amazon Oʻzbekistonda quyosh panellari yordamida ishlaydigan axborot markazlari tashkil qilishni, Cisco "aqlli" va xavfsiz shaharlar qurishni, Google esa mahalliy aholi uchun xizmatlar sifatini oshirishni taklif qilmoqda.

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Yuqori texnologiyalar boʻyicha dunyoning yetakchi korxonalari Amazon, IBM, Cisco, Microsoft, Alibaba va Google Oʻzbekiston bozoriga qiziqmoqda. Ularning fikriga koʻra bu yerda noyob imkoniyatlar va oʻsish uchun potentsial bor, deb hisoblaydi Axborot texnologiyalari vaziri Azim Axmedxoʻjayev.

Setevoye oborudovaniye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar internet tezligi 10 baravar oshadi

Vazir aytishiga qaraganda, butun MDH hududida ushbu kompaniyalarning axborot qayta ishlash bazalari yoʻq. Odatda, bunday bazalar biznes olib borish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

"Oʻzbekiston ana shunday markaz paydo boʻlsa, bu ularga yaqin atrofdagi mamlkatlar bilan amalga oshirilayotgan harakatlarni tezlashtirish imkonini bergan boʻlar edi. Bu yakuniy foydalanuvchi tomonidan kompaniya xizmatlaridan foydalanish yoki foydalanmoaslik borasida qaror qabul qilishiga juda katta taʼsir koʻrsatadi", — dedi Axmedxoʻjayev.

Misol uchun, vazir aytishiga qaraganda Rigadagi mijoz Gonkongdagi Alilbaba serveriga soʻrov yuboradi. Uning javobi kelgunicha maʼlum vaqt oʻtishi kerak. Shu vaqt ichida mijozning fikri oʻzgarib qolishi va u xariddan voz kechishi mumkin.

"Biz Oʻzbekiston hududdagi IT texnologiyalar markazi boʻlishini istaymiz. Oʻzbekiston oʻziga xos axborot xabi boʻlishi mumkin. Buning uchun Oʻzbekistonga xorijdan imkon qadar koʻproq mutaxassislar kelishi kerak. Biz ular bu yerda axborot almashishi uchun qulay maydoncha yaratishimiz kerak", — dedi Axborot texnologiyalari vaziri.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Amazon Web Services kompaniyasi vakillari Oʻzbekiston hukumati bilan Oʻzbekiston hududida quyosh panellari yordamida axborot markazlari qurish borasida muzokaralar oʻtkazgan edi.

Undan tashqari Cisco kompaniyasi Oʻzbekistonga "aqlli" va xavfsiz shaharlar qurishni Google Global Cache esa mahalliy aholi uchun Gugl xizmatlari sifatini oshirishni taklif qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala