Eng kuchli armiyalar reytingida O‘zbekiston 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

© Foto iz lichnogo arxiva GUVD goroda TashkentaTorjestvennoe meropriyatie gorod Chirchik
Torjestvennoe meropriyatie gorod Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari orasida 39 o‘rinni, MDH hududida esa, Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. O‘zbekiston qruolli kuchlari 2018-yilda dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 39 o‘rinni egalladi deb xabar qilmoqda xalqaro tahliliy portal.

Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchi, jahonda 48-o‘rinni egalladi

Global Firepower tomonidan tuzilgan reytingda 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan. Ushbu mamlakatlarning qurolli kuchlari 50dan ortiq ko‘rsatgichlariga qarab baho berilgan. Xususan, quruqlik harbiy kuchlari quvvati, harbiy havo kuchlari quvvati, dengiz kuchlari quvvati harbiy texnika va harbiy xizmatga layoqatli aholi soni, harbiy sektorning moliyalashtirilishi, mamlakatda yonilg‘i manbaalari borligi, transport infrastrukturasining rivojlanganligi va boshqa ko‘rsatgichlar.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston qurolli kuchlari ixtiyorida  420ta tank, 179 ta samolyot, 715 ta jangovar mashina, 143ta o‘zi-yurar to‘p, 880ta to‘p va 109ta yoppasiga o‘t ochish qurollari mavjud.

MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston qurolli kuchlari Rossiya va Ukrainadan keyin ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Belarus — 41, Qozog‘iston – 50, Ozarbayjon —53 o‘rinlarni egallashgan.

Reytingning eng yuqori qismida AQSh(1), Rossiya(2), Xitoy(3), Hindiston(4), Fransiya(5), Britaniya(6), Janubiy Koreya(7), Yaponiya(8), Turkiya(9), Germaniya(10) va boshqa mamlakatlar joylashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0