Jamiyat

IIV oʻquv yurtlarini bitirganlar 5 yil ishlab beradi yoki oʻqish pulini toʻlaydi

Ichki ishlar taʼlim muassasalarida oʻqigan talabalar vazirlik yoʻllanmasiga koʻra 5 yil ishlab berishi yoki oʻqish xarajatlarini qoplashi kerak boʻladi.

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik.  Ichki ishlar taʼlim muassasalarida oʻqigan talabalar 5 yil ishlab berishi yoki oʻqish xarajatlarini majburiy qoplash tartibi belgilandi.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligida jiddiy tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Ichki ishlar hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan Nizomga koʻra, bundan buyon Ichki ishlar  vazirligining oʻquv muassasalarida oʻqigan yoki vazirlik tomonidan xorijiy muassasalarga oʻqishga yuborilgan bitiruvchilar, oʻqishni tugatganidan keyin 5 yil davomida, vazirlik yoʻllanmasiga binoan, davlat idoralarida majburiy uzuluksiz xizmat koʻrsatishlari kerak boʻladi.

Ushbu shart bajarilmagan hollarda bitiruvchilar oʻqish xarajatlarini toʻliq ravishda qoplashlari shart boʻladi. Bu haqida talabalar bilan oʻqish jarayonining boshida maxsus shartnoma imzolanadi va ularning ota-onalari ogohlantiriladi.

Oʻqish uchun undiriladigan toʻlovda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi: oʻqituvchilar ish haqi, stipendiya,  kiyim-kechak, oziq-ovqat  taʼminoti, amaliy mashgʻulotlar va yoʻl xarajatlari.

Ushbu Nizom qabul  qilingan kunidan boshlab kuchga kirdi. Nizomning toʻliq matni bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala