Madaniyat

Olimlar plastikni chiritadigan bakteriya topishdi

© AFP 2018 / Issouf SanogoSmetiště
Smetiště - Sputnik Oʻzbekiston
2016 yilda Yaponiyadagi chiqindixonalardan birida plastik chiqindilarni 1000 baravar tezroq chiritadigan bakteriya aniqlangan edi.

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Yaponiyalik olimlar plastik butilkalarni bir necha kun ichida yoʻq qiladigan ferment aniqlishdi, deb xabar qilmoqda Engadget nashri. Yangi bakteriya ayniqsa PET butilkalarni yaxshi qayta ishlaydi.

2016 yilda Yaponiyadagi chiqindixonalardan birida plastik chiqindilarni 1000 baravar tezroq chiritadigan bakteriya topishgan edi. Ayni damda olimlar uning tarkibini yaxshilab oʻrganib, uning xususiyatlarini kuchaytirishga muvaffaq boʻlishdi.

Britaniyaning Portsmund universiteti vakili Djon Makgixan aytishiga qaraganda ayni damda olimlar ushbu bakteriyaga plastikning boshqa turlarini ham  qayta ishlashni “oʻrgatishmoqda”.

Chiqindini qayta ishlash - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda chiqindi toʻplash tizimi achinarli ahvolda

Kelajakda ferment barcha turdagi plastik va uning hosilalarini qayta ishlashi mumkin boʻladi. Bakteriya yordmida qayta ishlangan plasti yangi plastik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyoga aylanadi. Buning evaziga atrof-muhitga tashlanayotgan chiqindilar va neft isteʼmoli kamayadi.

Olimlar gen-muhandisligi yordamida ushbu bakteriyani erstremofill bakteriyalar bilan chatishtirib 70 gradusdan yuqori haroratga chidamli bakteriyalar turini yaratishni rejalashtirishgan.

Bunday haroratda plastik butilkalar eriy boshlaydi va uni qayta ishlash 100 baravarga tezlashadi.

Eslatib oʻtamiz, dunyo okeaniga har yili 8 million tonna plastik tashlab yuborilmoqda. Buning oqibatida dengiz mavjudotlari qurbon boʻlib, tabiiy muhitga ulkan zarar yetkazilmoqda. Shamol va okeandagi oqimlar tufayli eng ulkan plastik axlatxonasi Havai orollari va Kaliforniya orasida jamlangan.  

The Ocean Cleanup kompaniyasi maxsus ishlab chiqarilgan suzuvchi toʻsiqlar yordamida okeanni chiqindilardan tozalashni niyat qilgan. Ular aytishiga qaraganda bunday moslama yordamida 5 yil ichida okendagi chiqindilarning 50%ini yigʻib olsa boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala