Sport

Dunyo kurashchilari Shahrisabz shahrida gilamga tushadi

© Press-slujba Mejdunarodnoy Assotsiatsii KurashKurash
Kurash - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti sovrini uchun dunyo kurashchilari Shahrisabz shahrida gilamga tushadi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. 19-23 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bagʻishlangan VII xalqaro turnirga mezbonlik qiladi, deb xabar berdi IKA matbuot xizmati.

1992 yildan buyon har 4 yilda oʻtkazib kelinayotgan ushbu musobaqada kurashchilar 1996 yildan Oʻzbekiston prezidenti sovrini uchun gilamga tushmoqda.

Bu yil 7 marotaba tashkil etilayotgan bellashuvlarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakati polvonlari erkaklar oʻrtasida 73, 81, 90 va mutlaq, ayollar oʻrtasida esa 57 va 78 kilogramm vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Xalqaro turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Mutlaq vazn toifasida musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini — 10 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

© Press-slujba Mejdunarodnoy Assotsiatsii KurashKurash
Kurash - Sputnik Oʻzbekiston
Kurash

Oʻzbek kurashi Indoneziyaning Jakarta shahrida oʻtkaziladigan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari tarkibiga rasman kiritildi. Amir Temur xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir "Osiyo Olimpiadasi" oldidan qitʼa kurashchilari uchun muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham oʻtaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala