Dunyoda

Rossiya TIV: Skripallarning zaharlanishini katta ehtimol bilan Britaniya uyushtirgan

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishGorod Solsberi v Velikobritanii, gde bыli otravlenы S. Skripal i yego doch
Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bыli otravlenы S. Skripal i yego doch - Sputnik Oʻzbekiston
Skripallar ishida London Rossiyani aybdor deb eʼlon qilgan, lekin hozircha hech qanday aniq isbot keltirgani yoʻq

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi Rossiyani obroʻsizlantirish maqsadida katta ehtimol bilan Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bыli otravlenы S. Skripal i yego doch - Sputnik Oʻzbekiston
KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

"Katta ehtimol bilan rossiyalik fuqarolarning Solsberida zaharlanishi bilan bogʻliq voqea manfaatli boʻlgan va balki Rossiya hamda uning siyosiy rahbariyatini obroʻsizlantirish maqsadida Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Tarixda Buyuk Britaniya ilgarilari ham bunday ishlar bilan muntazam shugʻullanib kelgan. Bu qadam konservativ hukumatning mamlakatimizni yovuz qilib koʻrsatish boʻyicha umumiy rusofob chizigʻiga mos tushadi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya milliy xavfsizlik strategiyasi hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza meyning oʻtgan yil oxirida ziyofatda soʻzlagan nutqi ham buni tasdiqlaydi", — dedi u.

"Solsberidagi zaharlanishni tergov qilish doirasida Rossiya bilan hamkorlik qilishni qatʼiyan rad etish, Londonning konsullik konventsiyasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzishi, KQTT bilan hamkorlikdan qochish va xolis tekshiruv oʻtkazish uchun kerakli hujjatlarning yashirilishi bunga yaqqol misoldir", — dedi Zaxarova.

Eslatib oʻtamiz, Skripallar ishida London Rossiyani aybdor deb eʼlon qilgan, lekin hozircha hech qanday aniq isbot keltirgani yoʻq. Rossiya bu ishga aloqasi yoʻqligini taʼkidlab, ushbu ishni xalqaro Konventsiyaga muvofiq tekshirishni talab qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala