GM Uzbekistan o‘z "xizmat"larini taklif etayotgan shaxslar va’dasiga ishonmaslikka chaqirdi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan AJ o‘zining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va o‘sha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman ta’kidlamoqda

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. GM Uzbekistan o‘z "xizmat"larini taklif qilayotgan shaxslar va’dalariga ishonmaslikka chaqirdi.

"Avtomobil savdosi jarayonlarida noqonuniy mexanizmlarni ishlatilishi faktlari, shu jumladan avtomobil yetkazib berilishi muddatlarini tezlashtirish vaji bilan o‘rtakashlik bilan shug‘ullanish to‘g‘risidagi ko‘p sonli xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda keng tarqalayotganligini inobatga olgan holda, GM Uzbekistan AJ o‘zining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va o‘sha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman ta’kidlaydi. Bunday avtomobillarning modellari va dilerlik korxonalari kesimidagi to‘liq ro‘yhati bilan bizning rasmiy veb-saytimizda tanishishingiz mumkin (http://gmuzbekistan.uz/avto_za_45_minut). Ushbu ro‘yxat kundalik ravishda yangilanib boriladi", — deyiladi xabarda.

GM Uzbekistan shuningdek, fuqarolarni avtomobil yetkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa "xizmat"larni taklif qilayotgan shaxslar va’dalariga ishonmaslikka chaqirgan.

"Avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar faqatgina ro‘yhatga olingan rasmiy murojatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat bo‘yicha amalga oshiriladi. Avtomobil savdosiga doir koorupsion holatlar aniqlanganda Siz GM Uzbekistan AJning 147-14-14 raqamli yagona ishonch telefoniga yoki bevosita huquqni muhofaza qilish organlariga murojat qilishingizni so‘rab qolamiz", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0