Dunyoda

Lavrov: Suriyadagi kimyoviy hujum "Oq kaskalilar" tomonidan sahnalashtirilgan

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya TIV rahbarining aytishicha, Dumani ozod etgan Mudofaa vazirligi bu yerda kimyoviy moddalar omborini topgan boʻlib, bu moddalar Germaniyada va Porton-Daunda, yaʼni Solsberi shahrida ishlab chiqarilgan

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgani aytilgan kimyoviy hujum aslida sahnalashtirilganini maʼlum qildi. U bu haqda "Rossiya segodnya" XAAga bergan intervyusida aytdi.

"Bilasizmi, isbotlar yetarlicha. Hammasi amerikaliklar, angliyaliklar va frantsuzlarning Suriyadagi ishlab chiqarish va oʻzlari aytgan kimyoviy qurollar omboriga bomba zarbalari berish uchun bahona boʻlgan videodan boshlandi.

Dыm, voznikshiy v rezultate udarov siriyskoy armii po pozitsiyam Djebxat an-Nusra (organizatsiya zapreщena v RF), v Vostochnoy Gute v prigorode Damaska - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sharqiy Gutada Solsberida ishlab chiqarilgan tutunli shashkalar topildi

Hech narsadan bexabar odamga ham shunisi tushunarliki, kimyoviy qurol ombori qayerdaligini bilib unga bomba tashlash faqat bir narsani: uning atrofida yashaydiganlar uchun gumanitar halokatni yuzaga keltirishni anglatadi", dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbarining aytishicha, Dumani ozod etgan Mudofaa vazirligi bu yerda kimyoviy moddalar omborini topgan boʻlib, bu moddalar Germaniyada va Porton-Daunda, yaʼni Solsberi shahrida ishlab chiqarilgan.

"Hozirda topilgan moddalar mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmoqda. Ammo shu bilan birga sahnalashtirilgan video "Oq kaskalilar" tomonidan uyushtirilgan — buni hech kim yashirib oʻtirmaydi. "Oq kaskalilar" esa faqatgina "Jabhat an Nusra" kabi terrorchilar va jangarilar nazorati ostidagi hududlarda ish olib borishadi. Ular bir yil avval Xon-Shayxunda xuddi mana shunday fitnaga qoʻl urishgandi va ular Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa qator gʻarb davlatlari tomonidan moliyalashtirilishi hech kimga sir emas", — dedi Lavrov.

Eslatib oʻtamiz, oʻninchi aprel kuni Vashington Damashqni Sharqiy Gutadagi Duma shahrida tinch aholiga nisbatan kimyoviy hujum uyushtirishda aybladi.
AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya 14 aprel kuni kimyoviy qurol ishlab chiqarilmoqda deya taxmin qilingan Suriya hukumat obʼyektlariga zarba berdi. Ular yuzdan ortiq raketa zarbasi berdi, ulardan 71tasi Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi.

Yangiliklar lentasi
0