Jamiyat

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etiladi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishStroitelstvo doma
Stroitelstvo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Bu haqda prezidentning farmoni eʼlon qilindi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi oʻtkaziladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri davlat rahbarining eʼlon qilingan farmoniga tayanib.

Hujjatga koʻra, 2019 yil 1 maygacha mazkur farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga, yaʼni oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ushbu obʼyektga oʻz shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga eʼtirof etiladi.

Stroiteli osuщestvlyayut montaj stenovыx paneley tsokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qurilish uchun yer ajratish vaqtincha taqiqlandi

Bunda quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim. Ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashmagan boʻlishi kerak.

Shuningdek, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan boʻlishi, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi yoxud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi darkor.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydigan aniq holatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiyaning taqdimnomasiga koʻra tuman (shahar) hokimining qarori bilan amalga oshiriladi. Hujjatga koʻra. eʼtirof etish eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yigʻim toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.

Jilыe doma v jilom massive. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda kadastr hujjati yoʻq uy-joy va yerlar toʻliq roʻyxatga olinadi

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qoʻyiladi.

Farmonda bir martalik aktsiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar sudlarga oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash boʻyicha daʼvo kiritishni toʻxtatib turilishini taʼminlash (qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashgan yer uchastkasida (uchastkaning bir qismida) qurilgan obʼyektlar bundan mustasno) nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilayotgan daʼvolar hamda ijro qilinmagan qarorlari boʻyicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini taʼminlash koʻrsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala