Jamiyat

Oʻzbekiston jamoasi MDH mamlakatlari doʻstona armiyalari chempionatida 2-oʻrinni oldi

© Press slujba Minoboronы RossiiChempionat drujestvennыx armiy gosudarstv-uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv «Komandirskiye startы»
Chempionat drujestvennыx armiy gosudarstv-uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv «Komandirskiye startы» - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu musobaqalarda ilk bor ishtirok etdi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Moskvada boʻlib oʻtgan MDHning doʻstona armiyalari orasida oʻtkaziladigan "Qoʻmondonlar startlari" musobaqasida Oʻzbekiston vakillari umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Chempionatda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston sport jamoalari ishtirok etdi.

Chempionat dasturidan yengil atletika estafetasi, suzish, oʻq otish, gimnastika va yengil atletika boʻyicha bellashuvlar oʻrin olgandi.

Birinchi oʻrinni Rossiya terma jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, Belarus termasi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Rossiya Qurolli kuchlarida Jismoniya tarbiya boshqarmasi rahbari Andrey Zыkov musobaqalarda ilk bor ishtirok etib sovrinli oʻrinni egallagan Oʻzbekiston terma jamoasini alohida eʼtirof etdi.

"Qoʻmondonlik startlari" musobaqasi Rossiyada 2013 yildan boshlab oʻtkazib kelinmoqda. 2015 yilda ushbu musobaqa MDH davlatlari orasida oʻtkaziladigan spartakiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala