Sport

Ertaga Shahram Gʻiyosov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarini oʻtkazishadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMurodjon Axmadaliyev (Uzbekistan)
Murodjon Axmadaliyev (Uzbekistan) - Sputnik Oʻzbekiston
10 mart kuni professional ringda ilk janglarini oʻtkazishgan Shahram Gʻiyosov argentinalik Nikolas Velaskesni nokautga uchratgan boʻlsa, Murodjon Ahmadaliyev argentinalik David Paz ustidan texnik nokaut bilan gʻalaba qozongandi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Ertaga professional boksda faoliyat olib borayotgan oʻzbek bokschilari Shahram Gʻiyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlar oʻzlarining navbatdagi janglarini oʻtkazadilar.

AQShning Bruklin shahrida boʻlib oʻtadigan jang oqshomida Shahram Gʻiyosov vengriyalik Gabor Gorbishga qarshi, Murodjon Ahmadaliyev esa argentinalik Karlos Gaston Suaresga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, 10 mart kuni professional ringda ilk janglarini oʻtkazishgan Shahram Gʻiyosov argentinalik Nikolas Velaskesni nokautga uchratgan boʻlsa, Murodjon Ahmadaliyev argentinalik David Paz ustidan texnik nokaut bilan gʻalaba qozongandi.

Olamsportning xabar berishicha, "Sport" telekanali 22 aprel kuni tong soat oltidan boshlab oʻzbekistonlik bokschilarning navbatdagi janglarini jonli efirda namoyish etadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala