Odil Ahmedov: rossiyalik futbol ishqibozlaridan xavotirlanishga hojat yo‘q

Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, hozirda Xitoyning "Shanxay SIPG" klubida to‘p surayotgan Odil Ahmedov Sputnik Xitoy muxbiri bilan suhbatda Rossiyada o‘tkazgan davri va bo‘lajak jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Odil Ahmedov xorijlik muxlislar rossiyalik ishqibozlardan cho‘chimasliklari kerakligini aytdi.

"Rossiyalik futbol muxlislarini juda yaxshi bilaman. Ular futbolni sevishadi va xuddi telbalardek ishqibozlik qilishadi", — dedi u.

Odil Ahmedovning fikricha, bu yilgi jahon chempionatida Ispaniya, Germaniya yoki Braziliya g‘olib bo‘ladi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati 14-iyundan 15-iyulgacha Rossiyaning 11 shahrida o‘tkaziladi.

Bahslar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Yekaterinburg, Kaliningrad, Samara, Saransk, Rostov-Don, Volgograd shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Ochilish uchrashuvi 14-iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0