Sport

Odil Ahmedov: Rossiyada meni xuddi oʻzlarinikidek qabul qilishgan

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishIgrok FK "Krasnodar" i sbornoy Uzbekistana Odil Axmedov
Igrok FK Krasnodar i sbornoy Uzbekistana Odil Axmedov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, hozirda Xitoyning "Shanxay SIPG" klubida toʻp surayotgan Odil Ahmedov Sputnik Xitoy muxbiri bilan suhbatda Rossiyada oʻtkazgan davri va boʻlajak jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, hozirda Xitoyning "Shanxay SIPG" klubida toʻp surayotgan Odil Ahmedov Sputnik Xitoy muxbiri bilan suhbatda Rossiyada oʻtkazgan davri va boʻlajak jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

— Bu yil Rossiyada jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Gʻarblik muxlislar futbol bahslari paytida ularning xavfsizligiga tahdid boʻlishidan choʻchishmoqda. Bu xavotirlarda asos bormi? Shaxsan oʻzingiz rossiyalik ishqibozlar haqida qanday fikrdasiz?

— Jahon chempionati kichkina musobaqa emas. Menimcha, muxlislar tashvishlanishiga hojat yoʻq. Men rossiyalik ishqibozlarni yaxshi bilaman, ular futbolni va oʻz jamoalarini sevishadi, shuning uchun telbalardek ishqibozlik qilishadi. Xavotirlanish kerak emas.

SPUTNIK_Bыvshiy igrok «Anji» Odil Axmedov: v Rossii boleyut kak sumasshedshiye! - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Odil Ahmedov: rossiyalik futbol ishqibozlaridan xavotirlanishga hojat yoʻq

— Ishqibozlar tomonidan yoki jamoangizda irqchilikka duch kelganmisiz?

— Bunaqa narsa boʻlmagan. Oʻzbekiston bir paytlar SSSRning bir qismi boʻlgani uchun meni xuddi oʻzlarinikidek qabul qilishgan.

— Stadionlardagi sharoitlar haqida nima deya olasiz?

— Men "Krasnodar"da oʻynagan paytimda sharoitlar juda yaxshi edi. Jahon chempionati uchun yaxshi stadionlar qurilgan boʻlsa kerak deb oʻylayman.

— Sizningcha qaysi terma jamoalar favorit?

— Menimcha, Ispaniya, Germaniya, Braziliya. Mana shulardan biri chempion boʻladi.

— "Anji" va "Krasnodar"da jami olti yil toʻp surgansiz. Oʻtgan yili Xitoy klubiga oʻtdingiz. Qayerda moslashish qiyinroq boʻldi — Xitoydami yoki Rossiyadami?

— Shanxay — chiroyli shahar, mening oilamga ham yoqadi. Bu yerga moslashish qiyin emas.

— Men Rossiyada oʻynashni orzu qilganman. "Anji"da olti yil toʻp surdim va men baxtliman. Ammo Rossiyaga qaytishni rejalashtirmaganman, Xitoydan soʻng uyga qaytaman.

— Siz Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinchisi hisoblanasiz. Uning tarkibida Xitoyga qarshi oʻynagan boʻlarmidingiz?

— Biz Xitoyga qarshi ikki marta, 2011 va 2015 yilgi Osiyo Kubogida oʻynaganmiz. Men bu yerda Shanxay jamoasi sharafini himoya qilaman. Terma jamoada esa oʻz vatanim sharafi uchun maydonga ushaman. Bu futbol. Qayerda oʻynagan boʻlsam ham, har doim professionalligimcha qolganman. Agar Osiyo chempionatida Xitoyga qarshi oʻynash kerak boʻlsa, albatta yuz foiz oʻynayman.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala