Hodisalar

Oʻzini DXX xodimi deb tanishtirib yarim million dollar olgan tovlamachilar qoʻlga olindi

Ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi B.Qosimov, Samarqand shahrida yashovchi P.Gulyamov, S. Mahmudov, M.Yusupov va A.Mamedovlar sodir etganliklari aniqlangan

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Buxoro viloyatining Kogon shahrida 13 aprel soat 21.30 larda nomaʼlum shaxslar "Lasetti" mashinasida A.Oʻljayevning uyiga kelib oʻzlarini DXX maxsus xizmati xodimlari deb tanishtirishadi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
35 ming $ evaziga qamoqdan ozod qilishga vaʼda bergan tovlamachilar qoʻlga olindi

Fuqaroning oʻz murojaatida bildirishicha, ulardan biri xizmat guvohnomasini koʻrsatib, unga nisbatan Toshkent shahrida jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi va tergov harakatlarini oʻtkazish uchun uni Toshkentga olib borish kerakligini aytadi.

Ular unga nisbatan tazyiq oʻtkazmaslik hamda ishni ijobiy tomonga hal qilib berish evaziga 1 million dollar berishini talab qilganlaridan soʻng A.Oʻljayevning uyi oldida nomaʼlum shaxslar undan 500 ming dollarni tovlamachilik yoʻli bilan olib voqea joyidan yashirinishgan.

Ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi B.Qosimov, Samarqand shahrida yashovchi P.Gulyamov, S. Mahmudov, M.Yusupov va A.Mamedovlar sodir etganliklari aniqlangan. Ularning barchasi ilgari sudlangan shaxslar boʻlgan.

Koʻrilgan choralar natijasida B.Qosimov va P.Gulyamovlar ushlangan. S.Mahmudov, M.Yusupov va A.Mamedovlar Rossiyaning Qozon shahrida qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala