Xorazm hokimi ishdan ketdi

© © Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Kreslo rukovoditelya
Kreslo rukovoditelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi etib Beruniy tumanining sobiq hokimi Farhod Ermanov tayinlandi.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Viloyati hokimligining rasmiy saytida ayni damda hokim lavozimi vakant etib ko‘rsatilgan.

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, ayni damda Xorazm viloyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanining sobiq hokimi Farhod Ermanov viloyat hokimi lavozimini bajaruvchi etib tayinlangan.

Farxod Urazbayevich Ermanov 1958-yilda tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkentdagi Irrigatsiya institutini hamda 1996-yilda Toshkent Iqtisodiyot universitetini bitirgan.

1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan. 2010-yildan buyon Beruniy tumani hokimi. Senat a’zosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi.

Yangiliklar lentasi
0