Siyosat

Turkmaniston prezidenti Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

© Fotoxost-agentstvo. / Fotobankka oʻtishPrezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov
Prezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov - Sputnik Oʻzbekiston
Turkmanboshining Oʻzbekistonga tashrifi "Oʻzbekiston 24" telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatildi

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Turkmanboshining Oʻzbekistonga tashrifi "Oʻzbekiston 24" telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatildi.

"Oʻzbekiston 24" xabariga koʻra, tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod parkining ochilish marosimida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. 

Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi boʻlib oʻtadi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplami imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala