Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

© Fotoxost-agentstvo. / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmanboshining O‘zbekistonga tashrifi "O‘zbekiston 24" telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Turkmanboshining O‘zbekistonga tashrifi "O‘zbekiston 24" telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.

"O‘zbekiston 24" xabariga ko‘ra, tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod parkining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0