Mirziyoyev: O‘zbekiston TAPI loyihasida ishtirok etadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ham TAPI loyihasida ishtirok etadi, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida

TOShKENT, 23 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri qurilishi loyihasida ishtirok etadi, dedi dushanba kuni Turkmanboshi Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuvi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Flagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi
Bugun, 23-aprel kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovni qabul qildi. Prezidentlar tor doirada uchrashuv o‘tkazgach, ikki mamlakat o‘rtasida hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.

So‘ngra Mirziyoyev va Berdimuhammedov OAV vakillariga murojaat bilan chiqish qildilar.

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev OAV vakillariga murojaatida, Turkmanboshining O‘zbekistonga qilgan tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini, ikkala tomonning muhokama qilmagan masalalari qolmaganligini alohida qayd etib o‘tdi.

Xususan, Mirziyoyev jurnalistlarga O‘zbekiston TAPI loyihasida ishtirok etishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti buning uchun alohida komissiya tuzilishini va ushbu komissiya Ashxobodga borib, O‘zbekiston qaysi nuqtalarda TAPI loyihasida ishtirok etishi mumkinligini o‘rganishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, TAPI gaz quvur loyihasi Turmaniston g‘arbidagi Galkinish gaz qazib chiqarish koni bilan Hindiston va Pokiston chegarasida joylashgan Fazilka punktini ulash ko‘zda tutilgan. 2015-yil dekabr oyida 214 km uzunlikda bo‘lgan gaz quvurini qurish ishlari boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0