Siyosat

Mirziyoyev: Turkmaniston bilan muhokama etilmagan masalalar qolmadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPreziden Shavkat Mirziyoyev prinyal v rezidentsii Kuksaray Turkmenbashi Gurbanguli Berdimuxammedova
Preziden Shavkat Mirziyoyev prinyal v rezidentsii Kuksaray Turkmenbashi Gurbanguli Berdimuxammedova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida hal etilmagan masalalar yoʻq, dedi jurnalistlarga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. 2017 yil Oʻzbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil boʻldi, deb taʼkidladi dushanba kuni Koʻksaroyda OAV vakillariga qilgan murojaatida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev: Oʻzbekiston TAPI loyihasida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun 23 aprel kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Koʻksaroy qarorgohida ikki davlat prezidentlari tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar va soʻngra OAV vakillariga murojaat qildilar.

OAV vakillari bilan uchrashuvda, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil Oʻzbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil boʻlganini qayd etdi.

"Bugungi uchrashuv davomida ham barcha masalalarni muhokama qilib oldik, bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali boʻldi, oʻrtada hal etilmagan masalalar qolmadi", — dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti bugungi uchrashuv davomida imzolangan hujjatlarni ertangi kundagi munosabatlarning ishonchli garovi deya qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0