O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan
Flagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plami imzolandi.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi:

Prezidenti Turkmenistana i Uzbekistana - Gurbanguli Berdimuxammedov i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

1. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan Turkmaniston iqtisodiyot vazirligi Strategik va barqaror rivojlanish instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

2. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va Turkmaniston kasaba uyushmasi milliy markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi;

3. O‘zbekiston va Turkmaniston savdo-sanoat palatalari o‘rtasidan ishbilarmonlik kengashini tuzish to‘g‘risida bitimi;

4. O‘zstandart agentligi bilan Turkmenstandartlari bosh davlat xizmati o‘rtasida 2018-yil mo‘llajlangan hamkorlik rejasini tasdiqlash to‘g‘risida bayonnomasi;

5. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

6. Sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo memorandumi;

7. O‘zbekiston va Turkmanistonda savdo uylarini tashkil etish to‘g‘risida idoralararo bitimi;

8. 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo dasturi;

9. 2014-yil 19-noyabrda imzolangan chegara bo‘yi viloyatlar hududida joylashgan xo‘jalik obyektlarda xizmat qiluvchi shaxslar tomonidan o‘zbek-turkman chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risida bitimga bayonnoma;

10. Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi bilan Turkmaniston yoshlar tashkiloti o‘rtasida anglashuv memorandumi;

11. "Avaza" milliy turistik zonasi bolalarni sanator sog‘lomlashtiruv davolash to‘g‘risida hukumatlararo bitimi;

Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

12. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan Turkmaniston Xotin-qizlar ittifoqi o‘rtasida anglashuv memorandumi;

13. O‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitimi;

14. Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimi;

15. Amiakli silitra tranziti to‘g‘risida hukumatlararo to‘g‘risida memorandum hamda 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo dasturi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini imzolashdi.

Yangiliklar lentasi
0