Dunyoda

Qodirov Checheniston rahbarligidan ketib, Rossiya uchun jang qilishga tayyorligini aytdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadыrov
Ramzan Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston
Bizning yigitlarimiz tayyor. Va men oʻylaymanki, biz, generallarga subʼyektlar rahbarlari vakolatidan voz kechib... davlatimiz yaxlitligini himoya qilish uchun oldinga harakatlanish vaqti keldi", - deb aytgan Qodirov

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov "Rossiya 24" telekanali efirida agar shunga talab boʻlsa, respublika rahbari vakolatini zimmasidan sokit qilib, oʻz vatanini jangchi sifatida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

Glava Chechni Ramzan Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ramzan Qodirov: shaytonlar Chechenistonga hujum qilmoqchi

Ilgariroq xuddi shu intervyuda Qodirov Suriyada yuzaga kelgan vaziyatni Rossiyaga bosim oʻtkazish deya baholagan edi. Qodirov, shuningdek, "agar shunday davom etaversa, Rossiya kuch usullarini qoʻllashga majbur boʻladi", — deya taʼkidladi.

"Men siyosatga jangchi sifatida kirib kelganman. Va mening sevimli ishim — jang qilish asnosida xalq va davlatni himoya qilishdir. Shu bois har qanday murakkab topshiriqni bajarishga tayyormiz — Bosh qoʻmondon nima desa, shunday boʻladi. Bizning yigitlarimiz tayyor. Va men oʻylaymanki, biz, generallarga subʼyektlar rahbarlari vakolatidan voz kechib… davlatimiz yaxlitligini himoya qilish uchun oldinga harakatlanish vaqti keldi", — deb aytgan Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala