Shomahmudovlar oilasiga qoʻyilgan yodgorlik oʻz joyiga qaytarilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMonument semye Shamaxmudovыx v "Sadu drujbы"
Monument semye Shamaxmudovыx v Sadu drujbы - Sputnik Oʻzbekiston
23 aprel kuni "Istiqlol" sanʼat saroyi maydonida rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborilgan

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub boʻlgan 15 nafar bolani oʻz qanotiga olgan Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oilasining xalqlar doʻstligini ifoda etib turuvchi haykallari Toshkent shahridagi "Istiqlol" sanʼat saroyining maydoniga koʻchiriladi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi.

Pamyatnik semye Shamaxmudovыx - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj
"Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning "Yego velichestvo Chelovek" romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning "Sen yetim emassan" kinosi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi.

Xalqlar doʻstligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahrining koʻrkiga-koʻrk qoʻshib yanada chiroyini ochadi. Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini birdamlikka, doʻstlikka va bir oila boʻlib yashashga davat qiladi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda kecha, 23 aprel kuni "Istiqlol" sanʼat saroyi maydonida rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborilgani ham taʼkidlangan. Shomahmudovlar oilasi jamlangan haykal tez kunlarda ushbu maydonda qad koʻtaradi.

Taʼkidlash kerakki, hozirda ushbu monument Toshkent shahridagi "Doʻstlik" bogʻida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala