Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov "Ulli hovli" majmuasida boʻldi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Berdimuxamedov posetili kompleks "Ulli xovli"
Mirziyoyev i Berdimuxamedov posetili kompleks Ulli xovli - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

TOSHKENT, 24 apr – Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari Urganch tumanidagi "Ulli hovli" majmuasini tomosha qildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Oʻn yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni oʻrab turgan qoʻrgʻon saqlanib qolgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma oʻrinli mexmonxona qurildi. Turkman oʻtovlari oʻrnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

© Press slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Berdimuxamedov v komplekse "Ulli xovli"
Mirziyoyev i Berdimuxamedov v komplekse Ulli xovli - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev i Berdimuxamedov v komplekse "Ulli xovli"

Xabarda aytilishicha, prezidentlar tashrifi davomida bu yerda oʻzbek va turkman mumtoz qoʻshiqlaridan namunalar ijro etildi.

Eslatib oʻtamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekistonda davlat tashrifi bilan boʻlib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader