Chegarani minalardan tozalash: Toshkent va Dushanbe qanday qilib chegarani xavfsizlantiradi

© AP Photo / Eric GayUstanovka ograjdeniya na granitse, arxivnoe foto
Ustanovka ograjdeniya na granitse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda o‘zbek-tojik chegarasidagi minalashtirilgan to‘siqlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.

2018 yil may oyida o‘zbek-tojik davlat chegarasini minilardan tozalash ishlariga saper-mutaxassislar kirishadi. O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon shu kunlarda chegara hududlarda muhandislik to‘siqlarini yo‘qotish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhni tashkil qilish bo‘yicha umumiy bayonot hamda o‘zbek-tojik chegarasi ayrim uchastkalari bo‘yicha shartnomani imzolashdi.

Muammoli masalalar hal etishga erishildi. Xususan, Farxod GESi joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinishi, GES o‘zi esa O‘zbekiston mulki hisoblanishiga kelishishd. Stansiyaning texnik xizmat ko‘rsatishiga — Toshkent, obyekt qo‘riqlashiniga — Dushanbe javobgar bo‘ladi.

Bronetexnika rossiyskix Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi bazalari jangovar tayyorgarligini kuchaytiradi

Cherara hamkorligining bosh mavzusi xali-xanuz terrorizm, narkotrafik, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishdir.

Muammoning ahamiyatli tomoni shundaki, Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida davlat chegarasining uzunligi 1330 kilometrdan ortiq, shundan Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan so‘ng chegaraning 20 foizi aniqlashtirilmasdan qolgan.

2000 yillar boshida ikki davlat o‘rtasida aloqalar yomonlashgandan keyin o‘zbek-tojik chegarasida O‘zbekiston tomonidan bir tomonlama muhandislik to‘siqlar (minalar) qo‘yilgan.

O‘sha vaqtda Toshkent o‘z tashabbusini hududni islomiy jangarilardan himoya qilish istagi bilan izohladi. Biroq 18-yil davomida 800 nafar tinch aholi minalarda portladi, ulardan 474 nafar kishi (ular ichida ayollar va bolalar bor) halok bo‘ldi.

Tojikiston tomonida minalashtirilgan hududlarning joylashuvi va uzunligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘qligi tufayli chegardagi vaziyatni murakkablashtirar edi.

Har yili mina portlashidan O‘zbekiston fuqarolari ham aziyat chekmoqda. Biroq bu ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Shubhasiz, yangi zamon tubdan farq qiluvchi chegara xavfsizligining tizimini talab qilmoqda.

Ko‘rinmas yomonlik

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyidagi Tojikistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni tiklashda tarixiy qadam bo‘ldi. Muzokaralar natijasida 27 ta hujjat imzolandi. Ular ichida davlat chegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya, yaqin chegara hududlarini minalardan tozalash masalalarini qamrab oladi.

Tojikistondan O‘zbekiston islomiy harakati jangarilari Surxondaryo viloyatida kirib kelishiga urinishlardan keyin 1999-yilda o‘zbek-tojik chegarasidagi tog‘li tuman hududlarini minalashtirish boshlangan.

O‘zbekiston islomiy harakati jangarilari Afg‘onistonda tuzilib, ular Tojikiston tog‘li hududlarni hujum qilish uchun foydalanishgan.
Toshkent qo‘shnilarni deyarli terrorizmga ko‘mak berishida ayblagan. Tojikiston cho‘ponlari va dehqonlari muntazam ravishda tartibsiz qo‘yilgan minalarda portlagan.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo - yangi katta o‘yin uchun maydon sifatida

O‘zbek-tojik chegarasi ochiq bo‘lib, chegara va ogohlantirish belgilari yo‘q edi.

O‘zbekiston islomiy harakat jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrini ma’lum vaqt ushlab turishgandi, keyinchalik esa tarqalib ketishadi. Shundan so‘ng mintaqaviy xavfsizligiga tahdid solmay qolishadi. Biroq mina muammosi qoldi.

Minalashtirilgan hududning umumiy maydoni — tahminan 9 million kvardrat metrni tashkil qiladi. Bugungi kunda ularning uchdan ikki qismi "o‘lim" metalidan tozalandi (22 ming dona mina zararlantirildi).

Ma’lumotlar yo‘qligi qo‘shni Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solmoqda. Minalashtirilgan hududlar xaritasini o‘zbek tomoni sir tutmoqda.

Shuni esda tutish kerakki, erigan suvlar va sel oqimlari bilan ko‘plab pexotaga qarshi minalar yuz metr masofalarga joylashuvini o‘zgartirgan, hatto xaritalar aniq ma’lumotlarni aks ettirmaydi.

Toshkent va Dushanbe bir necha yillar davomida umumiy chegarani minalardan tozalash bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Tojikiston parlamentining quyi palatasi 2016-yil 27-mayda "Minalarga qarshi insonparvarlik faoliyat to‘g‘risida" qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Tojikiston to‘rtta tumanida (Asht, Isfara, Panjikent, Ayni) minalashtirilgan hududlarni aniqlash ishlari yakunlangan. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida chegara demarkatsiya va delimitatsiya ishlarini to‘liq yakuniga yetkazmasdan turib mina muammosini hal qilib bo‘lmaydi.

Fakt va tendensiyalar

Sovet ittifoq parchalanishigacha Markaziy Osiyo respublikalari chegaralari faqat qog‘ozda bo‘lgan, mahalliy aholi ular borligini ham bilishmagan.

Endilikda esa chegaraga tez-tez maktab o‘quvchilar olib kelinib, xavfli hududda o‘zini tutish o‘rgatilmoqda. Tojikiston mudofaa vazirligi va YeXHT mina tahdidiga qarshi kurash olib bormoqda.

O‘zbek-tojik chegarasida qo‘shimcha tarzda 10 ta nazoratdan o‘tish joylari tashkil qilindi. Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida temir yo‘l qatnovi tiklandi.

Mnogofunksionalniy robototexnicheskiy kompleks razminirovaniya Uran-6 - Sputnik O‘zbekiston
Tojik-o‘zbek chegarasini minalardan tozalash qachondan boshlanishi aytildi

Ikki davlat do‘stligini mustahkamlanishining ramzi sifatida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘ziga xos ataladigan "karimov devori" buzilishi bo‘ldi.

Respublikalar o‘rtasidagi davlat chegarasi 90 foizga kelishilgan va hal etilgan. Biroq ko‘p resurslarni va vaqtni talab qiladigan — murakkab va minalashtirilgan hududlar qoldi.

Juda xavfli 54 ta chegara uchastkada 11 mingga yaqin minalar bor (taqqoslash uchun tojik-afg‘on chegarasida 220 ming dona mina qo‘yilgan).

BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 30-yil ichida pexotaga qarshi minalar bir milliondan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi yoki umrbod nogiron qildi. Har yili 163 milliard dollarlik iqtisodiy zarar yetkazadi. Dunyoning 68 ta davlat hududi 110 million minalardan tozalanmagan. Ular tinch aholi hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy tahdid solmoqda. Bunday ulkan muammolarni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida hal qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0