Jamiyat

Urganchda Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi ochildi

Oʻzbek-turkman doʻstlik uyida muzey, kutubxona, toʻgaraklar uchun xonalar va tantanalar zallari mavjud.

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan Gʻoybu qishlogʻida Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi ochildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu ushbu maʼnaviyat maskanining Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi doirasida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOʻzbek-turkman doʻstlik uyi ochilish marosimi
Dom drujbq uzbekskix i turkmenskix narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi ochilish marosimi
Davlat rahbarlari dastlab bu yerda oʻrnatilgan Maxtumquli Firogʻiy byustini ochishdi, uning poyiga gullar qoʻyishdi. Prezidentlar Oʻzbek-turkman doʻstlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Qadimiy va zamonaviy meʼmorlik anʼanalari asosida bunyod etilgan ushbu majmuada oʻzbek va turkman aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona, tadbirlar oʻtkazish zali hamda turli fan va sanʼat toʻgaraklari uchun xonalar barpo etilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOʻzbek-turkman doʻstlik uyida kutubxona
Dom drujbы uzbekskix i turkmenskix narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek-turkman doʻstlik uyida kutubxona
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu qishloqda koʻplab turkman millatiga mansub fuqarolar istiqomat qilad. Ularning oʻz ona tilida taʼlim olishi, urf-odatlari va anʼanlarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi esa bu yerda Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi bunyod etildi. Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanOʻzbek-turkman doʻstlik uyining ochilishi
Otkrыtiye doma drujbы uzbekskogo i turkmenskix narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek-turkman doʻstlik uyining ochilishi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala