O‘zbekistonda yil oxiriga qadar Rossiya korxonalari soni mingdan oshadi

CC0 / pixabay / Rukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekistona Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 961 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya korxonalari soni yil oxirigacha 1000tadan oshadi deb xabar qilmoqda, Sputnik muxbiri.

Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistonda o‘tkazilgan birinchi sanoat ko‘rmazmasi — “Expo-Russia Uzbekistan 2018” doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov xabar qildi.

Toshkentda ilk bor - Rossiya sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

"O‘tgan yilda O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlik munosabatlari jiddiy rivojlanib bordi. Natijada bugun O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 961 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu kammi yoki ko‘pligini vaqt ko‘rsatadi, lekn menimcha hozir yanada kengroq imkoniyatlar ochilmoqda.  O‘zbekiston va Rossiya kelajakda munosabatlarni chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyatga ega. Menimcha, yil oxirigacha O‘zbekistonda Rossiya korxonalari soni mingdan oshadi”, — dedi Jasimov.

SSP vakili aytishiga qaraganda, O‘zbekiston biznesi ham Rossiyada juda faol harakat qilmoqda. Ayni damda Rossiyada O‘zbekiston kapitali ishtirokida 569 korxona tashkil qilingan. Bu hududdagi eng katta ko‘rsatgichlardan biri.  

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinda. 2017-yil hisobida mahsulot almashuvi 3,6 milliard  dollarni tashkil qildi, 2016-yilga nisbatan 33,9 %ga o‘sdi.

Yangiliklar lentasi
0