Taniqli o‘zbek kinorejissori Shuhrat Abbosov olamdan o‘tdi

© Sputnik / Vadim ShekunUzbekskiy kinorejisser Shuxrat Abbasov
Uzbekskiy kinorejisser Shuxrat Abbasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuhrat Abbosovning "Mahallada duv-duv gap", "Sen yetim emassan", "Toshkent-non shahri", "Shum bola" kabi filmlari o‘zbek kinosi durdonalari safidan o‘rin olgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Bugun, 25-aprel kuni taniqli o‘zbek kinorejissori Shuhrat Abbosov 87 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda  Sputnik muxbiri xabar berdi.

Xabar qilinishicha, rejissorning so‘nggi kunlari shifoxonada o‘tgan.

Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1949-yilda Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan.

1954 yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat san’at institutini bitirgan. 1954-1956 yillarda Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bosh rejissor vazifasida, keyinchalik esa Moskvada tahsil olgan.

Shuhrat Abbosovning "Mahallada duv-duv gap", "Sen yetim emassan", "Toshkent-non shahri", "Shum bola" kabi filmlari o‘zbek kinosi durdonalari safidan o‘rin olgan.

U SSSR xalq artisti, O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0