Tanzila Norboyeva O‘zbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya konferensiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz
Mejdunarodnaya konferensiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirildi

TOShKENT, 25 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda ayollar huquqini ilgari surish bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ladi, dedi 25-aprel kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan Interkontinental mehmonxonasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya davomida Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Xodjayeva: davlat boshqaruv organlarida ayollar atigi 17 %ni tashkil qiladi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va 30dan ortiq davlatlardan xalqaro ekspertlar qatnashgan "Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi" xalqaro konferensiyasida so‘zga chiqqan Norboyeva O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

"O‘zbekistonda ayollar huquqini ilgari surish bo‘yicha institutsional mexanizm yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ladi. Albattaki, O‘zbekiston Qonunchilik palatasida: yuqori va quyi palatalarda ayollarimizning bugungi ishtiroki shu kechayu-kunduzda ayollar o‘z oldiga qo‘ygan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Bu ayollarimizning faolligiga mutlaqo mos emas.

Ya’ni, oliy darajada ayollarimizning 15, 16, 17 % o‘rinlarni egallashlari biz uchun emas, O‘zbekiston uchun emas", — dedi Norboyeva.

O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, shu o‘rinda, 2019-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda davlat boshqaruv organlarida ayollar 30%ni tashkil etishlariga qonunan erishishni maqsad qilib qo‘yilganini ma’lum qildi.

Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Xotin-qizlar qo‘mitasi Davlat boshqaruv akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Ombudsmen va boshqa siyosiy partiyalar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan.

"Albatta-ki, bo‘lajak saylovlarga tayyor bo‘lish uchun turli dasturlar ishlab chiqilgan", — deb ma’lum qildi Bosh vazir o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0