General-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoro viloyatiga bordi

© Xokimiyat Buxarskoy oblastiGeneral-polkovnik Zokirjon Almatov
General-polkovnik Zokirjon Almatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilgan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, IIB xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vaziri Bobojonov Oliy Majlis Senatida axborot berdi
Eslatib o‘tamiz, 1991-2005 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan general-polkovnik Zokirjon Almatov joriy yil O‘zbekiston prezidenti qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston IIV rahbari maslahatchisi lavozimiga qaytarilgan edi.

Ta’kidlanishicha, Buxoroda o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqqan va O‘zbekiston Respublikasining sobiq ichki ishlar vaziri general-polkovnik Zokirjon Almatovning mehnat faoliyati juda murakkab davrlarga to‘g‘ri kelganiga qaramay, o‘z kasbining kasbining fidoyisi bunday tahlikali davrda metindek iroda, mardlik, jasurlik ko‘rsatib O‘zbekistonni og‘ir davrdan olib chiqqani hamda bugungi tinchlikning sababchilaridan biri ekanligini alohida e’tirof etgan.

Shundan so‘ng general-polkovnik Zokirjon Almatov o‘zining xotiralari va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan xalqni rozi qilish siyosatining ahamiyati haqida alohida to‘xtalib, viloyatdagi mahalla oqsoqollariga bu ezgu siyosatning maqsadini har bir xonadonga yetkazish, unib o‘sayotgan har bir yoshni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash lozimligini ta’kidlagan.

Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0