Schneider Electric kompaniyasi O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLiniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov
Liniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Schneider Electric kompaniyasi energiya boshqaruvi va sanoat avtomatizatsiyasi bo‘yicha jahonda yetakchi ekspert hisoblanadi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Schneider Electric kompaniyasining Rossiya va MDHdagi prezidenti Yoxan Vanderplayetse kompaniya O‘zbekistonga qaytishga qaror qilganligini ma’lum qildi.

Vanderplayetsening so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston yangi ma’muriyat kelgani sababli yangidan ochilmoqda.

"Biz besh yil ilgari O‘zbekistondagi og‘ir biznes-muhit sababli o‘z faoliyatimizni yopgan bo‘lsak-da, yana qaytishga qaror qildik", — dedi Yoxan Vanderplayetse.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘psonli aholi va ulkan salohiyatga ega O‘zbekistonning biznes uchun yana ochilishi barcha uchun ajoyib yangilikdir.

Schneider Electric kompaniyasi energiya boshqaruvi va sanoat avtomatizatsiyasi bo‘yicha jahonda yetakchi ekspert hisoblanadi. Kompaniya bo‘linmalari dunyoning 100 dan ortiq davlatida faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0