Dunyoda

Marokkoda 9 farzandning otasi bir umr bepusht boʻlganini bilib, ajrashishga ariza berdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichSiluet mujchinы na fone okna
Siluet mujchinы na fone okna - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlum boʻlishicha, erkak hali oʻsmirlik chogʻlaridayoq farzand koʻrish imkoniyatidan mahrum boʻlgan ekan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Marokko fuqarosi 35 yillik turmushdan soʻng, toʻqqiz farzandli boʻlgach, oʻsmirlik chogʻidayoq bepushtlik dardiga yoʻliqqanidan xabar topdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston Khaleej Times arab nashriga tayanib xabar bermoqda.

Turkiya mahsulotlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Olimlar: qoʻl qovushtirib oʻtiraversak, farzandlarimiz mutantlarga aylanadi

Nashr xabariga koʻra, mahalliy universitetlardan birining professori Sidi-Sliman standart tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin ushbu mojaro avj olgan. Tahlil natijalarida chetga chiqishlar borligini sezgan urolog uni toʻliq tekshiruvdan oʻtishga yoʻllagan.

Xuddi oʻsha vaqtda erkak oʻsmirlik davridan buyon farzandli boʻlish imkoniyatidan mahrum boʻlgani aniqlashadi. Bunga ishonmagan marokkolik boshqa klinikalarda ham analiz topshirib koʻradi, ammo natijalar hamma joyda bir xil edi.

Shokka tushgan professor rafiqasini bevafolikda ayblab, sudga ajrimga ariza topshiradi. U shuningdek barcha farzandlardan rasman voz kechishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumotga koʻra, sudda ishni koʻrish davomida tibbiy konsilium oʻtkazilgan va bu jarayon arizachining haqligini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala