Jamiyat

Jahon banki Oʻzbekistonga 60ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari olib beradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAvtomobil skoroy pomoщi
Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jahon Banki Oʻzbekiston tez yordam tizimini rivojlantirishga 100 mln dollar ajratdi. Ushbu mablagʻ shifokorlar malakaisni oshirish, viloyatlarda dispetcherlik markazlari barpo etish va tibbiy uskunalar sotib olishga sarflanadi.

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Jahon banki Oʻzbekiston tezkor tibbiy yordam tizimini rivojlantirishga 100 mln dollar ajratdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mablagʻ ajratilishi jahon bankining ijroiya direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Mablagʻlar JB tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablagʻlaridan ajratiladi.

Uzbekistan peredal Kыrgыzstanu avtomobili skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga "tez yordam" mashinalari sovgʻa qildi

“Tez  tibbiy yordam tizimini yaxshilash loyihasi, bu yil Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan toʻrtinchi loyiha boʻlib, dastlabki toʻrt oyda uning umumiy qiymati 940 million dollarni tashkil qiladi. Yangi tizim yiliga 6 millionga yaqin beʼmorlarga sifatli xizmat koʻrsata oladi”, — dedi Oʻzbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Bank xabariga koʻra, Oʻzbekistonda bugungi kundagi mavjud boʻlgan tez tibbiy yordam tizimi fuqarolar murojaatlariga yetarli darajada tez va sifatli javob bera olmaydi.  

Ayni dam da Oʻzbekistonda 18300 kishiga bitta tez yordam mashinasi toʻgʻri keladi. Amal qilayotgan milliy standartga koʻra har 13000 kishiga bitta tez yordam mashinasi toʻgʻri kelishi kerak.

Peugeot - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Peugeot tez yordam mashinalari ishlab chiqariladi

Undan tashqari, bugungi kunda xizmat koʻrsatatyotgan avtomobillarning katta qismi birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish imkoniga ega emas. Ularda tibbiy yordam apparaturasi joylashtirish va beʼmorni kasalxonaga yetkazish vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish uchun joy kam.

Ekspertlar qayd etishiga koʻra, tez yordam tizimida ishlayotgan xodimlarning tibbiy asbob-uskunalar va dori vositalari bilan taʼminlanish darajasi past. Tez yordam xodimlarining yoʻl-transport hodisalari, yurak-qon tomir kasalliklari va ogʻir kasallarga yordam koʻrsatish darajasi yaxshilanishni talab qiladi.  

“Loyiha doirasida Oʻzbekistonning 12 viloyati va Toshkent shahrida tez yordam brigadalari harakatini muvofiqlashtirib turuvchi dispetcherlik majmualari paydo boʻladi. Majmua asosini turli fojealarga tez va samarali javob beruvchi yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv va aloqa tizimi tashkil etadi”, — deyishdi bankda.

Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta tez tibbiy yordam mashinalari berildi

Mablagʻlar, shuningdek, shifokor va hamshiralarning malakasini oshirish, 60ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari hamda inson hayotini saqlab qoluvchi tibbiy uskunalar sotib olishga sarflanadi.

Eslatib oʻtamiz, Jahon banki Oʻzbekistonda 17ta turli loyihalarni moliyalashtirmoqda. Ularning umumiy qiymati 2,8 milliard dollardan oshgan. Ushbu loyihalar qishloq xoʻjaligi va suv resurslarini boshqarish, energetika, transport, suv taʼminoti, sanitariya va taʼlim tizimlarining samaradorligini oshirishga  qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala