Chimkentda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqladi, uni qo‘lga olish bo‘yicha tadbir o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Chimkentdagi kichik dahalardan birida erkak kishining jasadi topildi. Bu xabarni Sputnik Qozog‘istonga Janubiy Qozog‘iston viloyati ichki ishlar bo‘limi tasdiqladi.

"Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqladi, uni qo‘lga olish bo‘yicha tadbir o‘tkazilmoqda", — deb ma’lum qildi ichki ishlar bo‘limi.

Mahalliy "Otirar" nashrining yozishicha, marhum 1963-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0