Jamiyat

Oʻzbekistonda fermer va dehqon xoʻjaliklari kengashlari tuziladi

© Flickr / tuchodiTraktor na pole vo vremya poseva
Traktor na pole vo vremya poseva - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yil 1 iyuldan barcha fermer va dehqon xoʻjaliklarining kengashga aʼzoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorini imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident qarori fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida qabul qilindi.

Na odnom iz tashkentskix bazarov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hokim: Qoʻyliq dehqon bozori poytaxt tashqarisiga koʻchiriladi

Qarorda qayd etilishicha, 2018 yil 1 iyuldan:

— barcha fermer va dehqon xoʻjaliklarining kengashga aʼzoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;

— fermer va dehqon xoʻjaliklarining kengashda aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor boʻlishi uchun asos boʻladi;

— fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xoʻjaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berildi:

Pekin Kajshen Triumf kompaniya vakillari. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbek-Xitoy qoʻshma korxonasi vodiyda 2000 ta yangi ish oʻrni yaratadi

— uyma-uy yurish orqali dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan, yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni koʻpaytirish holatini davriy monitoring qilib borish;

— Kengash aʼzolari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;

— tuman hokimlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan takliflar kiritish.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala