O‘zbekistonda 2018-yilda tibbiyot sohasidagi harajatlar 250 foizga ko‘payadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVitrina s lekarstvennimi preparatami
Vitrina s lekarstvennimi preparatami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 753 milliard so‘m ajratiladi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonda respublika va mahalliy budjetlardan aholini dori vositalari va tibbiyot anjomlar bilan to‘liq ta’minlash uchun 915,4 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2018-yil uchun davlat budjetida ko‘zda tutilgan.

Molodie lyudi vibirayut sigareti v tabachnom larke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tamaki mahsulotlar narxi 50 foizga oshadi

Respublika hukumati ushbu sohaga 2017-yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p mablag‘ ajratiladi.

Masalan, agar 2017-yilda onkologik dispanserida bir nafar bemor davolanishi uchun kuniga 10 700 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2018-yilda buning uchun 25 700 so‘m ajratiladi. 

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 753 milliard so‘m ajratiladi.

Shu bilan birga, 2018-yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish maqsadida dispecherlik xizmatlarini tashkil qilish, zamonaviy texnik anjomlari bilan ta’minlangan transport vositalari bilan ta’minlash maqsadida 141 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

2018 yil uchun budjetda 200 ta tuman va shahar tibbiyot muassasalarini yuqori texnologiyali UZI-skanerlar bilan ta’minlash uchun 51 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0