Latviyadagi o‘zbeklar: Toshkentdan kelgan talabalarning Rigadagi hayoti

Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri Rigada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hayoti haqida

TOShKENT, 28 apr — Sputnik, Dmitriy Matveyev. Rossiya — o‘zbekistonliklar tashrif buyuradigan yagona mamlakat emas. O‘zbeklarni dunyoning istalgan burchagida uchratish mumkin. Latviya poytaxtida ham anchagina o‘zbeklar yashaydi. Aksariyat hollarda ular bu yerga tahsil olish uchun kelishadi, chunki bu davlat Yevroittifoq tarkibida bo‘lib, Latviya o‘quv yurtlari diplomlari butun dunyoda tan olinadi.

Sputnik muxbiri Rigada o‘qiyotgan uch o‘zbek talabasi bilan uchrashdi.

© Foto : Iz lichnogo arxivaUzbekskie studenti, kotorie uchatsya v Rige: Murad, Xumayun i Shaxboz
Uzbekskie studenti, kotorie uchatsya v Rige: Murad, Xumayun i Shaxboz - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskie studenti, kotorie uchatsya v Rige: Murad, Xumayun i Shaxboz

Ular Riga markazidan uncha uzoq bo‘lmagan, shaharning tarixiy Eski shahar qismida ijaraga olingan xonadonda yashashadi. Ular turli universitetlarda o‘qishadi, bir-birlari bilan esa Latviyaga kelib tanishishgan.

Murod

22 yoshli Murod Toshkentda tug‘ilgan. To‘qqizinchi sinfni bitirgach 2011-yilda Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi kompyuter texnologiyalari akademik litseyiga o‘qishga kirgan.

Murod 2014-yilda Latviyaga keladi va Rigadagi iqtisodiyot va tadbirkorlik ma’muriyati xalqaro maktabiga o‘qishga kiradi. Ammo unga bu yerda o‘qish yoqmaydi. "Bir semestr o‘qiganimdan keyin uyga qaytdim", — deydi u.

Keyinroq Murod Moskva va Qozonda bo‘ladi, ammo 2017-yilda yana o‘qishni xohlab qoladi. U Riga Texnika universitetining xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya fakultetiga o‘qishga kiradi.

"Latviyani tanlashimning bir nechta sabablari bor. Birinchidan, Latviya universitetlariga o‘qishga kirish oson. O‘qish narxlari ham qimmat emas. Bundan tashqari, Latviya diplomlari Yevropa akkreditatsiyasiga ega", — deydi Murod.

Universitetda darslar Murod yaxshi biladigan ingliz tilida o‘tiladi. Latish tilini sal-pal biladi, lekin ko‘pincha rus tilida muloqot qiladi. Bu yerda rus tilini hamma biladi.

Humoyun

Humoyun Muroddan uch yoshga kichik. Maktabni bitirganidan so‘ng "informatika" yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar kollejida o‘qigan. So‘ngra Rigadagi Transport va aloqa institutiga o‘qishga kirgan.

O‘zbekiston mahsulotlari Latviya markaziy bozori orqali Yevropani zabt etadi

"O‘qishga kirishga uzoq tayyorlandim, ingliz tilini o‘rgandim. Latviyani tanlaganimning sababi, bu yer ta’lim olganimdan keyin dunyoning istalgan joyida ishga kirishimda muammo bo‘lmaydi", — dedi yigit.

Shahboz

O‘zbekistonlik uchinchi talabaning ismi Shahboz. U ham Toshkentda tug‘ilgan va maktabni bitirgach Toshkent tibbiyot kollejiga o‘qishga kirgan. Ammo keyin tibbiyot uning sohasi emasligini tushungan.

U Boltiqbo‘yi davlatlariga talabalarni yuborish bila shug‘ullanadigan markazga boradi.

"Markazga keldim, bu yerda hamma narsani tushuntirishdi, hujjatlarni taxt qildim va Rigaga uchib keldim", — deydi Rigadagi Iqtisodiyot va madaniyat universitetida o‘qiyotgan Shahboz.

Latviya haqidagi dastlabki taassurotlar

Yoshlar Rigaga uchib kelishganida ularda turlicha taassurotlar paydo bo‘lgan. Shahboz Latviya poytaxtiga uchib kelganida uni Baltic Center o‘quv markazi vakillari kutib olishi kerak bo‘lgan. Ammo yigitcha Riga aeroportida adashib qolgan va Nyu-Yorkka uchib ketishiga bir bahya qolgan.

Ralli Tashkent - Riga 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent – Riga avtoyurishi qatnashchilari: O‘zbekistonda bizni iliq qarshi olishdi

"Aeroport shahar tashqarisida bo‘lgani uchun ko‘zimga birinchi bo‘lib tashlangan narsa qorli maydon bo‘ldi. O‘shanda 21-yanvar edi. Men hatto Latviyagamas Rossiyaga kelib qoldim deb o‘ylaganman", — eslaydi Shahboz.

Ular 15 daqiqadan keyin Riga markaziga yetib kelishadi va Shahboz Latviya poytaxtining tungi go‘zalligiga guvoh bo‘ladi. U o‘sha kuni Humoyun bilan tanishadi. Besh kundan keyin esa ular safiga Murod qo‘shiladi.

Murod 2014-yilda bu yerga kelganida unga oson bo‘lgan, chunki Rigada u bilan ilgari O‘zbekistonda o‘qigan do‘stlari bo‘lgan.

Yigitlarga Eski shahar juda yoqadi. Ular dam olish kunlari shahar aylangani chiqishadi.

Latviyadagi o‘zbeklar yurt quyoshini sog‘inishadi

Murod Rigada noyabrdan martgacha yashash qiyinligini, bu vaqtda bu yerda qish bo‘lishi va quyosh deyarli ko‘rinmasligini aytdi. "Biz janubliklarmiz, bizda quyosh tafti yetishmasligidan tushkunlik boshlanadi", — dedi u.

Latviya Toshkent va Riga o‘rtasida muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi

Til borasida esa talabalar muammoga duch kelishaydi, ular ruscha yaxshi gapirishadi, Rigada esa rus tilini hamma biladi. Universitetlarda darslar ingliz tilida o‘tiladi, yigitlar inglizchani ham O‘zbekistonda yaxshi o‘rganishgan.

"Rigada rus tilini hamma biladi, lekin ko‘pchilik bu tilda gapirishni istamaydi", — deydi Murod.

Rigada xorijdan kelgan talabalar ishlash imkoniyatiga ham egalar. Shahbozning aytishicha, o‘zbekistonliklar turli kafe va sushi-barlarga ishga joylashishadi. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, o‘qish vizasi bilan kelgan xorijliklar rasman haftasiga 20 soat ishlashi mumkin.

Latviyada ish beruvchilar migrantlarni aldash holatlari deyarli uchramaydi va xorijliklar Rossiyadagi singari mehnat patenti olishlari shart emas.

Yigitlar kelgusida diplomat va iqtisodchi bo‘lishadi

Murod diplomatiya sohasida ishlashni orzu qiladi. "Ikki davlat yonma-yon bo‘lsa ham iqtisodiy munosabatlarsiz hech qanday aloqa bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston. Bir davlat ikkinchisida mavjud resurslarga ehtiyoji bor va aksincha. Men aynan iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanaman", — deydi u.

Humoyun ijtimoiy fanlar va menejment yo‘nalishida o‘qimoqda. U yoshligidan biznes yaratish va uni boshqarishga qiziqadi. Yigitcha olgan bilimlarini kelgusida biznes sohasida qo‘llash niyatida.

Shahboz ham menejment fakultetida o‘qiydi. "Menga boshqaruv, yangilik kiritish yoqadi. Keyingi paytda biznes-statistika — choraklik hisobotlar, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishga qiziqib qoldim. Kelgusida olgan bilimlarim vatanimda asqotadi deb o‘ylayman", — deydi u.

Yangiliklar lentasi
0