Moskvada qurollangan niqobli shaxslar migrantlar yotoqxonasidagilarni tunab ketishdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uniforma kiygan talonchilar kim bo‘lganligi noma’lum, politsiya migrantlarni tunab ketgan jinoyatchilarni qidirmoqda.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Moskvada qurolli va niqob taqqan shaxslar migrantlar yotoqxonasiga bostirib kirib ularni tunab ketishdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston migrantlar yuristi Valentina Chupikka asoslanib.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgda migrantlarni tunash bilan shug‘ullangan tojikistonliklar qo‘lga olindi

Hodisa 26-aprel kuni Moskvadagi Paveleskaya naberejnaya sohilida joylashgan "Pamir-Alyans" migrantlar yotoqxonasida sodir bo‘lgan.

"Ular taniqlik belgilarisiz qora uniforma kiygan noma’lum shaxslar bo‘lgan. Ularning barchasi niqobli va qurollangan bo‘lgan", — dedi yurist Sputnik Tojikistonga.

Jinoyatchilar yotoqxonada yashovchi barchani xonalaridan olib chiqishgan va bir nechta xonaga qamab ustidan qulflab qo‘yishgan. Bu yerda yashovchilarning ko‘pligidan xonaga qamalganlar faqat tik turish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Bir soatdan so‘ng voqea joyiga OMON yetib kelgan. Ular migrantlarni ozod qilishgan. Migrantlar o‘z xonalariga qaytishganlarida ko‘pchiligining shaxsiy buyum va pullari yo‘qolganligi ma’lum bo‘lgan. Barcha javon va shkaflarning eshiklari singan, o‘rin-joylar ag‘dar-to‘ntar holda bo‘lgan.

"Bir fuqaroning 77 ming, yana birining 69 ming rubli yo‘qolgan. Qolganlar ozroq jabr ko‘rgan – ularning 5 mingdan 22 ming rublgacha puli yo‘qolgan", — dedi yurist.

Inostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva - Sputnik O‘zbekiston
Sobanin: ko‘pchilik migrantlar Moskvada yashash uchun qolishmayapti

Uniforma kiygan talonchilar kim bo‘lganligi noma’lum, politsiya migrantlarni tunab ketgan jinoyatchilarni qidirmoqda.

"Pamir-Alyans" yotoqxonalari Moskvada "Paveleskaya", "Razanskiy prospekt", "Nagornaya", "Izmaylovskaya" va "Salaryevo" metrolari yaqinida joylashgan. Ekonom toifadagi yotoqxonada 6, 8, 10 va 12 o‘rinli xonalar taklif qilinadi.

"Pamir-alyans" migrantlarni arzon narxi bilan jalb qiladi. Bu yerda xonaning narxi 200 rubldan boshlanadi. guruh bo‘lib kelgan migrantlarga esa bunday narxga yashash joyiga ega bo‘lish juda qulay hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0