Siyosat

Nazarboyev Rossiyani "Xudo bergan qoʻshni", deb atadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishVidы Moskvы
Vidы Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston
Nazarboyev Putin bilan shaxsiy munosabatlarini "yuqori baholashini" maʼlum qildi

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya bilan juda yaqin munosabatlar oʻrnatganini aytib, bu aloqalarni namunali, deb atadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev maʼnoli latifa aytib berdi
"Rossiya — bizning tarixiy qoʻshnimiz, yaʼni aytadilar-ku, Xudo bergan qoʻshni, deb. Bizgacha ham shunday boʻlgan, mana bizning davrimizda ham shunday, va bizning farzandlarimiz ham qoʻshnichilikda, doʻstlikda va bir-birlarini tushunib yashaydilar. Biz juda yaqin munosabatlar oʻrnatganmiz, ularni Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar namunasi, deb atash mumkin.

Biz bu tamoyilga sodiqmiz, va unga amal qilishimiz lozim, nega deganda u Qozogʻistonning asl manfaatlariga juda mos tushadi. Oʻylaymanki, Rossiyaning ham", — dedi Nazarboyev Qozogʻiston xalqining XXVI sessiyu Assambleyasining ochilish marosimida.

U shuningdek, Ostona boshqa qoʻshni davlatlar bilan ham doʻstona munosabatdaligini qoʻshimcha qildi.

Ilgariroq, Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan shaxsiy munosabatlarini yuqori baholashini taʼkidlab oʻtgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala