O‘tgan yili Qozog‘istonga kelgan xorijliklarning deyarli yarmi o‘zbekistonliklar bo‘lgan

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda Qozog‘istonga 3,5 millionga yaqin o‘zbekistonliklar tashrif buyurgan

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Qozog‘istonga tashrif bo‘yicha o‘tgan yili O‘zbekiston barchani ortda qoldirdi. Bu haqda Tengri.News portali yozmoqda.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

Statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilda Qozog‘istonga 3,5 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi kelgan. Shu tarzda O‘zbekiston Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Germaniya, Turkiya va Xitoyni ortda qoldirdi. Bu mamlakatlardan Qozog‘istonga mos ravishda 94,8 mingdan 1,7 million nafargacha turist kelgan. O‘tgan yil davomida Qozog‘istonda jami 7,7 million xorijlik bo‘lgan.

O‘z navbatida O‘zbekiston 2017-yilda rossiyaliklar eng ko‘p sayohat qiladigan 40 mamlakat safidan joy olgandi.

Bundan tashqari, mart oyida Samarqand shahri Skyscanner portali tasnifiga ko‘ra sayyoramizdagi eng go‘zal maskanlar reytingida oltinchi o‘rinni oldi.

Yangiliklar lentasi
0