Jamiyat

Mirziyoyev ikki Koreya rahbarlari uchrashuvini tarixiy voqea deb baholadi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbari Mun Chje Inga tabrik maktubi yoʻlladi

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan oʻtkazilgan sammit munosabati bilan tabrik maktubi yoʻlladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

"2018 yilning 27 aprel kuni koreys xalqi solnomasida chin maʼnoda tarixiy voqeaga aylangan Pxanmunjomda oʻtkazilgan Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli oʻtgani bilan sizni samimiy qutlayman", — deyiladi tabrik maktubida.

Liderы KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen Ыn i Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
KXDR va Janubiy Koreya prezidentlari demarkatsion chiziqda uchrashishdi

Mirziyoyevning bildirishicha, Janubiy Koreya rahbarining qatʼiy pozitsiyasi va muntazam saʼy-harakatlari natijasida davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan sammit muvaffaqiyatli oʻtgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston KXDR va Janubiy Koreya hududlarida yadroviy qurolsizlanish jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini bildirgan. Oʻzbekiston prezidenti shuningdek, Mun Chje Inning ikki mamlakat oʻrtasidagi avtomobil va temir yoʻl qatnovlarini tiklash tashabbusini alohida eʼtirof etgan.

Tabrik maktubida Oʻzbekiston bundan buyon ham koreys xalqining birlashish, umumfarovonlik va taraqqiyot maqsadida Koreya yarimorolida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash yoʻlidagi faol amaliy qadamlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashi bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, KXDR va Janubiy Koreya rahbarlarining uchrashuvi yakunida toʻliq qurolsizlanish va gumanitar muammolarni hal qilish masalalarini oʻz ichiga olgan qoʻshma deklaratsiya imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala