Jamiyat

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalariga 7 foiz stavkada kredit beriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishZagotovka sena v fermerskom xozyaystve
Zagotovka sena v fermerskom xozyaystve - Sputnik Oʻzbekiston
4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar uchun mehnat daftarchasi ochib, ish staji hisoblash imkoniyati yaratiladi.

TOSHKENT, 28 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qator imkoniyatlar beriladi. Bu haqda O‘zLiDeP matbuot xizmati xabar bermoqda.

Orosheniye zemli - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston fermerlik rivoji uchun 1 trillion 600 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratdi

Xabarda aytilishicha, joylarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam koʻrsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlari tashkil etiladi.

"Tomorqa xizmati" MCHJ fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish xizmatlarini koʻrsatadi.

“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB orqali fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalariga 7 foiz stavkada kredit beriladi.

4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar uchun mehnat daftarchasi ochib, ish staji hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (joylardagi vakilliklari bilan) tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala