Hodisalar

DXX toʻrt nafar "Xizb ut-Tahrir" aʼzosini qoʻlga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishZaderjaniye podozrevayemыx v sovershenii prestupleniya
Zaderjaniye podozrevayemыx v sovershenii prestupleniya - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻlga olinganlar qamoqxonada islom ekstremistik gʻoyalari taʼsiri ostiga tushib qolgan, ozodlikka chiqqanidan keyin esa ushbu gʻoyani oʻz yaqindari orasida targʻib qila boshlagan.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Davlat Xavfsizligi xizmati xodimlari toʻrt nafar dunyoning koʻplab mamlakatlarida taʼqiqlangan "Xizb ut-Taxrir al-Islami" xalqaro terrorchi tashkilot   aʼzolarini qoʻlga oldi. Bu haqida RIA Novosti DXX matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda "Xizb-ut Taxrir"ning yashirin guruhi topildi

Tezkor olib borilgan tekshiruv ishlari natijasida qoʻlga olinganlarning uch nafari 1999-2006 yillarda oʻgʻirlik tufayli ozodlikdam mahrum etilganligi aniqlanadi. Qamoqxonada esa ular islom ekstremistik gʻoyalari taʼsiri ostiga tushib qolishadi. Ozodlikka chiqqanidan soʻng guruh aʼzolari oʻz yaqinlari orasida va ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik gʻoyalarni targʻib qila boshlaydi.  

“DXX xodimlari Toʻrt nafar “Xizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti faollarini qoʻlga oldi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashashgan… Ayni damda tergov ishlari amalga oshirilmoqda, qoʻlga olinganlarning sheriklari qidirilmoqda”, — deyilgan xabarda.

Qoʻlga olingan «Xizb-ut Taxrir» adabiyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 16 nafar “Xizb ut-Tahrir” tashviqotchilari qoʻlga olindi

Aniqlangan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 moddasiga — “Diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik yoki boshqa taʼqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish va ularda ishtirok etish” — muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatildi.  

Ushbu modda boʻyicha 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, "Xizb ut-Tahrir al-Islami" – partiyasi dastlab 1953 yilda Falastinda tashkil etilgan. Ayni damda Suriya, Misr, Iordaniya, Tunis, Quvayt, Turkiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida faoliyat olib boradi. "Xizb ut-Tahrir” dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan arab mamlakatlarida, Rossiya va Oʻzbekistonda ham taʼqiqlangan va terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala